
O'zbekistonlik.Podcast
Oʻzbekistonlik.Podcast — iste’dodli va mehnatkash insonlar mamlakati boʻlgan Oʻzbekiston hamda mintaqayu dunyo taqdiriga oid eng muhim mavzular muhokamasi. Oʻzbekistonlik.Podcast turkumining AQSH mavsumiga Uzbekistan’s club master rezidenti, texnika fanlari doktori, muhandis Asqarali Karimov moderatorlik qilgan. Unda asli Oʻzbekistondan boʻlgan huquq, biznes, koʻchmas mulk sohalari professionallaridan tortib olimlar ishtirok etadi. Podkast homiysi — Uzum raqamli xizmatlar ekotizimi.
O'zbekistonlik.Podcast
O‘zbekistonlik.Podcast | Episode #1 | Ilm VS Texnologiya: Qaysinisi bo‘lmasa hayot to‘xtaydi?
O‘zbekistonlik.Podcast loyihasining birinchi epizodida ilm-fan va texnologiyalar mavzusida suhbatlashdik. Podkast mehmonlari — bir nechta IT bizneslar egasi Bobir Akilxanov hamda Kolumbiya Universiteti yordamchi professori Aziza Shonazarova. Qahramonlarning qiziqarli karyera yo‘li hamda ularning mavzu yuzasidan fikrlari o‘rin olgan suhbatdan baxramand bo‘ling. Podkast homiysi — Uzum raqamli xizmatlar ekotizimi.